Adabiyot ijtimoiy ong shakli sifatida insoniyatning badiiy-estetik tafakkurini ifodalaydi. Shu bois har qanday badiiy asarda jamiyatda kechayotgan ijtimoiy ideallar ham namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ideal tushunchasi ostida o‘tkinchi jamiyat g‘oyalari yoki ma’lum ijtimoiy tabaqa, guruhga mansub etik ideallar nazarda tutiladi. Biroq bu ularning adabiyotga daxldor, degani emas. Har qanday ijtimoiy ideal jamiyat, millat yoki xalq ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qilsa, u ijobiy baholanishi lozim. Yangi o‘zbek nasrida Qo‘chqor Norqobil urush mavzusida yozilgan asarlari bilan o‘z o‘rniga ega yozuvchilardan sanaladi. Uning qator qissa va hikoyalari urush mavzusiga bag‘ishlangan. Adib nasrini tahlil va talqin etishda ular adabiyot olamiga kirib kelgan davrdagi ijtimoiy omillar va adabiy jarayonni hisobga olmaslik mumkin emas. Xususan, Afg‘on urushi ishtirokchilarining achchiq qismati Qo‘chqor Norqobilning shu mavzuda yozilgan ko‘plab hikoyalari va “Daryo ortidagi yig‘i”, “Kulib tur, azizim”, “O‘n sakkizga kirmagan men bor”, “Qordagi lola” kabi qissalari bilan umumiy badiiy mushtaraklik hosil qiladi. Ayniqsa, tinchlik, farovonlik, shaxs erki kabi ijtimoiy ideallarning badiiy ifodasiga ehtiyoj tobora kuchaygan bugungi kunda Qo‘chqor Norqobil asarlari yanada katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Biz quyidagi maqolada Qo‘chqor Norqobil asarlarida bir-biriga o‘xshash yoki o‘xshamagan urush mavzusini zamonaviy talqinini kuzatdek.
Qo‘chqor Norqobil, yangi o‘zbek adabiyoti, Afg‘on urushi, hikoya, qissa.