Annotatsiya: Ushbu tadqiqot “O‘tgan Kunlar” romanida ishlatilgan yuklamalar asosidadir. Romanning yozma tili, tilning xususiyatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiy tilining xususiyatlarini, grammatik qoidalarini va uslublarini aks ettiradi. Matinda o'zbek tilidagi yuklamalar aniq va to‘g‘ri ishlatilgan bo‘lib ko‘plab misollar mavjud. Qodiriy o‘z asarida o‘zbek tilining barcha grammatik qoidalarini aniq va uslubiy jihatdan to’g’ri ishlatgan. Bu, romanning til va grammatika jihatidan o‘z davrining adabiy standarti va madaniy kontekstini aks ettiradi. Har bir tilning asosi so‘zlardan iboratdir. So‘zlar esa mustaqil ve yordamchi bo‘lib ikkiga ajratiladi. Mustaqil so‘z va gaplarga qo‘shimcha ma’no beradigan yordamchilar yuklamalardir. Tuzilishi jihatidan yuklamalar so‘z yuklamalar ve qo‘shimcha ko’rinishdagi yuklamalar bo’lib ikkiga ajratiladi. Ma’no jihatidan esa jami oltiga ajratiladi: so‘roq-taajjub yuklamalari, kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari, ayiruv-chegaralov yuklamalari, o‘xhsatish- qiyoslash yuklamalari, gumon yuklamasi ve inkor yuklamalari.
Kalit so‘zlar: yuklama, so ‘z, O‘tgan Kunlar, o‘zbek tili