Annotatsiya: Mazkur maqolada adabiyotshunoslikda badiiy asarning muhim elementi bo‘lgan detal va uning Nazar Eshonqul asarlarida qo‘llanishi masalasi o‘rganildi. Badiiy asarda detalning o‘rni, turlari, syujet, qahramonlar, asar g‘oyasini ochishdagi ahamiyati yoritildi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida Shaxs sifatida tanilgan Nazar Eshonqulning detaldan unumli foydalanishi tadqiq qilindi. Yozuvchining “Tun panjarasi” va “Qora kitob” qissalari, “Maymun yetaklagan odam”, “Zulmat saltanatiga sayohat”, “Yalpiz hidi”, “Xaroba shahar surati” hikoyalarida badiiy detalning qo‘llanish ko‘lami tahlil etildi. Boshqa yozuvchilardan farqli bugungi zamonaviy adabiyotga yangicha ruh, yangicha tamoyillar olib kirayotgan Nazar Eshonqul ijodining o‘zigagina xosligini ularda qo‘llangan detallar orqali ham yanada anglash mumkinligi taʼkidlandi.
Kalit So‘Zlar: Detal, Ruhiyat, Nazar Eshonqul, Absurd.