Ushbu maqolada markaz qurshovlilik munosabatining sintaktik sathda, xususan qo‘shma gaplarda namoyon bo‘lishi yoritiladi. Turkiy tillarda nutqiy gaplarning bitta nominativ birlikka transformatsiya etilishi va boshqa bir gap tarkibida bitta konstruktiv bo‘lak yoki bitta konstruktiv bo‘lakning kengaytiruvchisi mavqeyida kelishi hodisasi tahlilga tortiladi. O‘zbek tili grammatikasiga xos bo‘lgan sintaktik-struktur xususiyatlardan biri-gap bo‘laklari ierarxiyasidagi transformatsiya jarayoni masalasi hamda pog‘onali sintaktik tahlilda gap va so‘z kengaytiruvchisining iyerxiyadagi maqomi oydinlashtiriladi. Gapning LSQida so‘zlar bog‘lashuvini tahlil qilish orqali aktantlarning gap qurilish sathidagi vaziyati aniqlashtiriladi, gapning til bosqichidagi lisoniy gap bo‘laklari (tarkibiy qismlari) o‘rtasidagi semantik, grammatik bog‘lanish masalasi oydinlashtiriladi.
qo‘shma gap, transformatsiya, LSQ, aktant, kengaygan birikma (chegarali qurilma)